Nefridiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nefridiylar (yun. nephros — buyrak) — umurtqasiz xayvonlarning ayirish organi; osmoregulyasiya, moddalar almashinuvi mahsulotlarini, baʼzan jinsiy mahsulotlarni organizmdan chiqarish funksiyasini bajaradi. N. Koʻp marta tarmoklangan epiteliy naychalaridan yoki naychalar sistemasidan, tuban koʻp tukli halqalilarda esa har bir boʻgʻimda bir juftdan joylashgan metanefridiylardan iborat. Har bir metanefridiy nayining voronkaga oʻxshash kengaygan uchi tana boʻshligʻida joylashgan. Nay burilib, navbatdagi boʻgʻimga oʻtadi va teri yuzasiga ochiladi. N. soni 1 dan bir necha 100 tagacha boʻlishi mumkin. Birmuncha soddatuzilgan protonefridiylarning tanasi ichida joylashgan qismi yopiq soleno-sitlardan iborat. Metanefridiylarda solenotsitlar boʻlmaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil