Neʼmatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Neʼmatlar — kishilarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirishga, ularga naf berishga qodir boʻlgan jami narsalar. N. isteʼmol N.lari (kishilarning bevosita ehti-yojlarini qondiradi), resurslar (isteʼmol N.lari ishlab chiqarish uchun zarur N.)ga; oʻz tuzilmasiga koʻra, xususiy va ij-timoiy N.ga boʻlinadi. Xususiy N. yakka isteʼmol etiladigan, ijtimoiy N. butun jamiyat foydalanishi mumkin boʻlgan, isteʼmolda cheklash boʻlmagan N.dir (qarang Moddip farovonlik). N. isteʼmolga ochikligi jihatidan meʼyoriy (isteʼmolchilarning da-romadlari oʻsishiga qarab isteʼmol qilinishi, talab ortib boradigan N.) va cheklangan (noyobligi yoki miq-dori cheklanganligi sababli ishlab chiqarish va taqsimlash zarur boʻlgan N.)ga boʻlinadi. Cheklangan N.ga talab ularning miqdoridan ancha ortiq boʻlgani uchun ham ular narxga ega boʻladi. Havo, quyosh nuri kabilarni istisno qilganda amalda barcha N. cheklangan N. sirasiga kiradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil