Neʼmat Ibrohimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Neʼmat Ibrohimov (1925, Toshkent) — yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Otasi usta Ibrohimjon Zokirovdan hunar oʻrgangan. Neʼmat ijodida anʼanaviy naqsh sanʼati (islimiy naqshlar) ni keng qoʻllab, uni yangi ohanglar bilan boyitgan, maho-batli oʻymakorlik sanʼatini rivojlantirdi. Juftlama eshiklar, devoriy namoyonlar va boshqa yaratgan, ularning bezak mujassamotida yirik yoʻllar hosil qiluvchi ohanglar qatorida mayda nafis naqsh tasvirlarini ham qoʻllagan, 2—3 qavatli ta-baqa pardoz usulidan keng foydalangan. 1950 yildan Ibrohimov yaratgan ishlari (kitob javoni, stol va boshqa buyumlar) bilan koʻrgazmalarda qatnashadi. 1966 yil Toshkent zilzilasidan keyin shaharni qayta qurish ishlarida faol ishtirok etdi. Vazirlar Mahkamasi binosi kinoleksiya zaliga 10 ta namoyon (1967), "Rossiya" mehmonxonasi uchun namoyon, Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi uchun ikki eshik (1968; Hamza mukofoti, 1968) hamda namoyonlar (1974, 1978), hozirgi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi binosining ichki bezaklari (1970), "Oʻzbekistan" mehmonxonasi uchun eshiklar (1980), Oʻquvchilar va bolalar saroyi uchun eshik va panjara (1982), "Shirin" qahvaxonasi uchun eshik (1984) va boshqa yaratdi. Ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil