Nazokat Azizova
- Vikipediyada ismi Nazokat va familiyasi Azizova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Nazakat Azizova | |
|---|---|
![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | Ayol |
| Tavallud paytidagi ismi | Nəzakət Əzizova |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi | 21-iyun 1997-yil |
| Sport | |
| Qaysi sport | dzyudo |
| Sport mukofotlari | ||
|---|---|---|
| Gran-pri | ||
| Bronza | Antaliya 2017 | 52kg gacha |
| Islom birdamlik oʻyinlari | ||
| Kumush | Boku 2017 | 52kg gacha |
| Kumush | Boku 2017 | jamoa |
Nazakat Azizova (ozarbayjoncha: Nəzakət Əzizova, 1997-yil 21-iyun) - ozarbayjonlik dzyudochi, dzyudo boʻyicha Ozarbayjon terma jamoasi a’zosi, dzyudo boʻyicha 2016-yil Ozarbayjon chempioni, 2017-yilgi Islom birdamlik oʻyinlari kumush medali sovrindori, 2017-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nazokat Azizova 1997-yil 21-iyunda Ozarbayjonda tugʻilgan.
2016-yilning dekabr oyida Azizova dzyudo boʻyicha Ozarbayjon chempionatida 52 kg gacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etib, gʻalaba qozondi[1].

2017-yil aprel oyida Nazokat dzyudo boʻyicha Antaliya Gran-prisida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2], Tbilisidagi Gran-prida esa birinchi bahsdayoq britaniyalik Kelli Edvardsga imkoniyatni qoʻldan boy berib qoʻydi[3]. 2017-yilda Nazokat Azizova Ozarbayjon terma jamoasi tarkibiga kirdi va may oyida Boku shahridagi “Islom birdamlik oʻyinlari-2017”da ishtirok etdi. U yerda 52 kg gacha boʻlgan vazn toifasida finalga chiqdi va turkiyalik Irem Korkmazga yengilib, kumush medalga sazovor boʻldi[4].
Joriy yilning iyun oyida Leybnis shahrida dzyudo boʻyicha 21 yoshdan katta boʻlmagan qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Yevropa kubogining bronza medali uchun kechgan jangda gollandiyalik Danik Yanssen Azizovani magʻlubiyatga uchratdi[5]. 2017-yilning iyul oyida u dzyudo boʻyicha 21 yoshdan katta boʻlmagan qizlar oʻrtasida Praga[6] va Berlin[7] shaharlarida oʻtkazilgan Yevropa kubogida gʻalaba qozondi.
2017-yil avgust oyida Budapeshtda oʻtkazilgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Birinchi bahsda u marokashlik sportchi Ikram Soukatani magʻlub etdi, ammo keyin kosovolik dzyudochi Distra Krasnichiga imkoniyatni qoʻldan boy berdi[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Определились первые победители чемпионата Азербайджана по дзюдо
- ↑ „Дзюдо: Гран-при Анталии по дзюдо 2017 (Antalya Grand Prix 2017). Итоги“.
- ↑ „Тбилиси не покорился азербайджанским дзюдоистам“.
- ↑ „Азербайджан выиграл турнир по дзюдо Исламских игр-2017“.
- ↑ „Азизова стала третьей в Австрии“.
- ↑ „Кубок Европы Чехия“.
- ↑ „Итоги Открытого Кубка Европы среди юниоров в Берлине“. 2017-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Азизова выступила на ЧМ получше, чем Шихализаде и Превсурен“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nazokat Azizova — judoinside.com saytidagi profil
