Nazira Ahmedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nazira Ahmedova (5-iyun 1913, Namangan – 25-fevral 1964, Toshkent) – o‘zbek opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano). O‘zbekiston xalq artisti (1951). Moskva o‘zbek opera studiyasi (1927–30) da ta’lim olgan. O‘zbek ishchiyoshlar teatri (1930), Hamza teatri (1931) artisti. O‘zbekiston radio qo‘mitasi (1932), O‘zbek musiqa teatri (1935– 39), Navoiy teatri (1939-64) yakka xonandasi. O‘zbek, qardosh xalqlar operalari va chet el hamda rus klassik operalarida 20 dan ortiq rollar ijro etgan: Norgul, Nodira (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, "Bo‘ron", 1939– 43, "Buyuk kanal", 1941), Tana (Yevgeniy Brusilovskiy, "Er Targ‘in", 1939–43), Asal, Layli (R. Glier, T. Sodiqov, "Gulsara", 1949–54, "Layli va Majnun", 1954-58), Mikaela (J. Vize, "Karmen", 1944–47) va boshqa Qator o‘zbek xalq qo‘shiqlari va kompozitorlarning romanslari (D. Zokirov, "Kurmadim", M. Burhonov, "Ishqida", T. Sodiqov, "Sar-vigul")ni mahorat bilan ijro etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Ahmedova Nazira" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil