Nazira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nazira (arab.) — Sharq adabiyotidagi anʼanaviy usullardan biri; oʻtgan yoki zamondosh adib asariga oʻxshatma tariqasida yozilgan asar. N.ni mumtoz shoirlar tatabbu deb ham yuritishgan. Navoiy oʻz "Hamsa"sining Nizomiy "Panj ganji"ga tatabbu deb ataydi. Isteʼdodli naziragoʻy adiblar maʼlum bir asarga ijodiy yondashib, shu asar mavzuini boyitish va rivojlantirish, yangi muammo va gʻoyaviy motivlarni kutarish, yangi obraz va harakterlar yaratishni maqsad qilgan. Oʻtmish shoirlarining yaxshi asarlariga N. yozish oʻzbek adabiyotida ham uchraydi. Habibiy, Sobir Abdulla, Charxiy va boshqa shoirlar N.lar bitganlar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil