Kontent qismiga oʻtish

Anorqul Nazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nazarov Anorqul Mamadovichdan yoʻnaltirildi)

Anorqul Mamadovich Nazarov (1950.5.6, Boʻka tumani) — kompozitor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1995). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1973). Navoiy teatrida sozanda (1968—85), Uzteleradiokompaniyasi qoshidagi Estradasimfonik orkestrining bosh dirijyori va badiiy rahbari (1989—96), "Oʻzbeknavo" birlashmasining bosh direktori (1996—2001). Ijodida qoʻshiq asosiy oʻrin tutadi ("Doʻlana", "Arazlama", "Men nechun sevaman Oʻzbekistonni", "Oʻzbekiston mushtarak", "Ozod elning oʻgʻliman" va boshqalar). Bastakorning Muhammad Yusuf she'riga yozilgan "Yur, muhabbat! Ketdik bu yerdan" qo'shig'i birinchi oʻzbek tangosidir. Shuningdek, kino va telefilmlar, teatr spektakllari, sirk tomoshalari uchun musiqalar va boshqa asarlar yozgan. Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1997).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil