Anorqul Nazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Anorqul Mamadovich Nazarov (1950.5.6, Boʻka tumani) — kompozitor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1995). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1973). Navoiy teatrida sozanda (1968—85), Uzteleradiokompaniyasi qoshidagi Estradasimfonik orkestrining bosh dirijyori va badiiy rahbari (1989—96), "Oʻzbeknavo" birlashmasining bosh direktori (1996—2001). Ijodida qoʻshiq asosiy oʻrin tutadi ("Doʻlana", "Arazlama", "Men nechun sevaman Oʻzbekistonni", "Oʻzbekiston mushtarak", "Ozod elning oʻgʻliman" va boshqalar). Bastakorning Muhammad Yusuf she'riga yozilgan "Yur, muhabbat! Ketdik bu yerdan" qo'shig'i birinchi oʻzbek tangosidir. Shuningdek, kino va telefilmlar, teatr spektakllari, sirk tomoshalari uchun musiqalar va boshqa asarlar yozgan. Abdulla Qodiriy no-midagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1997).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil