Naymansoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Naymansoy — Fargʻona viloyatidagi soy. Soʻx soyining Sariqoʻrgʻon gidrotugunidan boshlanadi. Dastlab shim.-gʻarbiy yoʻnalishida 12—15 km masofada adirlarni kesib oʻtadi. 40 km dan soʻng tarmoqlarga boʻlinib ketadi Uning Oʻrtaqoʻrgʻon, Kalamush, Qumbosti, Bekobod, Toʻrasoy, Shayxnazar kabi oʻnlab tarmogʻi bor. Soyda kuz va qishda suv kam boʻladi, bahor va yoz paytlarida bu soyga koʻp suv tashlanadi. N. Oʻzbekiston va Dangʻara tumanlaridagi xoʻjaliklar yerini suv bilan taʼminlaydi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil