Nayagarh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maa Dakhinakali ibodatxonasiga kirish, Nayagarh

Nayagarh — Hindistonning Odisha shtatidagi Nayagarh tumanidagi shahar va munitsipalitet shtab-kvartirasidir.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nayagarh joylashgan20°08′N 85°06′E / 20.13°N 85.1°E / 20.13; 85.1 G O[1] oʻrtacha balandligi 178 metrni tashkil etadi (584 fut).

Bu Nayagarhning janubidagi Rukhi togʻi va shimolidagi Balaram togʻi boʻlib, 1999-yilgi Odisha siklonining Nayagarhga taʼsirini yumshatgan.

96 km uzunlikdagi Yangi Jagannath Sadak yoʻlida joylashgan boʻlib, shuningdek, Nua Jagannath Sadak nomi bilan ham tanilgan, Nayagarhni Puri tumanidagi muqaddas shahar bilan bogʻlab turadi.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindistonda 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish Nayagarh shahrida 17 030 ta aholining sonini aniqladi, ulardan 9 000 tasi erkak va 8 030 tasi ayollardan iborat boʻlgan. Bu 2001-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga nisbatan 11,30 % ga oʻsganligini koʻrsatdi. 2001-yilgi aholini roʻyxatga olish 1991-yildagi aholini roʻyxatga olish bilan taqqoslaganda, Nayagarh tumanida aholi soni 10,46 % ga yuqorilab oʻsgan. 

Nayagarh tumanining umumiy maydoni taxminan 3,890 km 2 ni egallaydi va Nayagarh tumanidagi 1700 ga yaqin qishloqlarni oʻz ichiga qamrab oladi[2].

Nayagarh aholisining oʻrtacha savodxonlik darajasi 2001-yilda 70,52 (86,63 erkak va 71,08 ayol) ga nisbatan 2011-yilda 79,17 kishini tashkil etgan edi. Bu 2001-yilgi aholini roʻyxatga olishdan koʻra oʻsishni koʻrsatadi, bu yerda raqamlar Nayagarh tumanida 82,66 (erkak) va 57,64 (ayol) ni tashkil etdi.

Taʼlim muassasalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kollejlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nayagarh avtonom kolleji

Maxarishi Vidya Mandir[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maharishi Vidya Mandir, Nayagarh

Maharishi Vidya Mandir (MVM) 1991-yilda tashkil etilgan boʻlib, vedik ilm-fan uchun ilgʻor maktabi sanaladi. Bu CBSE oʻquv dasturiga amal qilan holda taʼlim oladilar. Birinchi sinf esa 2000-yilda tugatib tamomlagan.

Balabhadrapur Jagannath ibodatxonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jagannath ibodatxonasi, BalabhadraPur

Gokulananda turizm markazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gokulananda turizm markazi — Sidhamula qishlogʻidagi Mahanadi daryosi boʻyida joylashgan Nayagarh tumanidagi sayyohlik markazi hisoblanadi. Ushbu sayr qilish joyi yaqinida yozgi uy va kiyik bogʻi oʻrnatilgan va yozgi uyda turar joy ham mavjud[3].

Lok Sabha saylov okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nayagarh Bhubanesvarning (Lok Sabha saylov okrugi) bir qismi edi[4]. Delimitatsiyadan soʻng u 2009-yildan beri Puri loksabha saylov okrugining bir qismi hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]