Navtaka
Qiyofa
Navtaka, Navtoqa – qadimiy Sugʻd viloyati. Nomi ehtimol sugʻdchada „yangi toq“, „yangi inshoot“ yoki „yaqinda qurilgan“ni bildiradi. Navtaka Aleksandr (Iskandar)ning Oʻrta Osiyoga qilgan yurishi (miloddan avvalgi 329—327-yillar) davri haqidagi yozma manbalarda uchraydi. Navtakadagi qalʼalardan birida Doro III ning qotili Bess asir olingan. Miloddan avvalgi 328-yilda Aleksandrning qoʻshini Navtakada qishni oʻtkazgan. Ayrim olimlarning fikricha, Navtaka Qarshidan 10 km shimoli-gʻarbdagi Yerqoʻrgʻon shahri harobasi oʻrnida boʻlgan. Biroq Navtakaning hozirgi Qashqadaryo viloyatining sharqiy qismida joylashgan deyishga koʻproq asoslar bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rtveladze E., Velikiy shelkoviy put, T., 1999.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekiston tarixi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |