Navroʻz (oʻrik navi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Navroʻz, Duragay 2826 — kechpishar oʻrik navi. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida duragaylash (kechki Samarqand x Ruxi Juvanon x Yoshlik) yoʻli bilan chiqarilgan (K. V. Vasilyev, L. A. Protasevich). Daraxti gʻuj oʻsadi. Kech gullaydi. Mevasi yirik (40 g gacha), yumaloqoval, sirtining yarmidan koʻproq kismi toʻq qizil, poʻsti yupqa, xushbuy, shirin va bir oz nordon, tarkibida 13% qand, 0,84% kislota bor. Danagi yirik, magʻizi shirin. Iyulning boshlarida pisha boshlaydi.

Kuchati ekilgandan keyin 5-yili hosilga kiradi, tupidan 120 kg gacha meva beradi. Sovuqqa chidamli, shamolga bardoshli, pishib yetilgan mevalarning bir qismi shoxlarida turshaklanib qoladi. Oʻzbekistonning jan.-gʻarbiy viloyatlarida ustiriladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil