Navoiy—Uchquduq—Nukus temir yoʻli
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Navoiy-uchquduq-nukus temir yoʻli - Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlaridan oʻtuvchi temir yoʻl. 1994—2001-yilda qurilgan. Yoʻlning umumiy uz. 700 km ga yaqin. Navoiy, Uchquduq, Miskin, Toʻrtkoʻl shaharlaridan oʻtib, Nukusgacha yetkazilgan.
Ilgari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati Oʻzbekistonning boshqa hududlari bilan Turkmaniston hududidan oʻtadigan Turkmanobod (Chorjoʻy) — Urganch temir yoʻli orqali bogʻlangan edi. N.—U— Navoiy-uchquduq-nukus temir yoʻliy. qurilishi yuk va yoʻlovchilar tashish maso-fasini 450 km ga va qatnov muddatini 6—7 soatga qisqartirib, mamlakat iqtisodiyotiga har yili 19 mln. AQSH dollariga yaqin mablagʻni tejash imkoniyatini beradi. Temir yoʻl mineral resurslarga gʻoyat boy mintaqani oʻzlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Temir yoʻl orqali yoʻlovchilar, xalq xoʻjaligi yuklari, mineral oʻgʻitlar, qurilish materiallari va boshqa yuklar tashiladi.
Tohirjon Mirzayev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |