Navo (bezak turi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Navo (nova) — yarim yoy shaklidagi bezak turi; shift bilan devor oraligʻidagi qayrilma egik shaklli hoshiya bezak. Milliy meʼmorlikda binolarning ichki va tashqi qismini bezashda ishlatiladi. Zamonaviy binolarning tashqi qismida tom bilan devor oraligʻida boʻrtib chiqib (devorga oqib tushadigan suvni toʻsib) turadi va binoga salobatli koʻrinish beradi. N. bezagi ganch, yogʻoch, marmar va boshqalardan tayyorlanishi mumkin. Us t a Shirin Murodovning ganchli ajoyib N. namunalari Toshkent shahridagi koʻpgina binolar (Navoiy teatri, Toshkent kuranti va boshqalar)ni bezab turibdi. Xalq ustalaridan T. Arslonqulov, M. Usmonov, Sh. Gʻafurov, J. Hakimov, S. Norqoʻziyev, O. Fayzullayev va boshqa naqshli ganch, yogʻoch N.larni keng qoʻllagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil