Kontent qismiga oʻtish

Navkat-quraysh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Navkat-quraysh — oʻrta asrlardagi Kesh viloyatiga qarashli shahar. Keshdan Nasafga boradigan yoʻlda, hozirgi Qamashi tumanidagi Qavchin qishlogʻi oʻrnida joylashgan. Xoja Ahror mulklariga oid vaqf hujjatlarida (15— 16-asrlar) qayd etib oʻtilgan. N.-Q. Oltintepa shahar harobasi oʻrnida boʻlgan deb hisoblanadi. V. V. Bartoldning fikricha, N.-Q.dagi "Quraysh" soʻzi islomning dastlabki davrlarida bu yerda arablarning Quraysh qabilasi yashaganligiga ishora. Qurayshlar Qutayba ibn Muslim qoʻshinining koʻpchilik qismini tashkil etgan. Qashqadaryoda hozirgi yashaydigan arablar shularning avlodlari boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Soʻgʻdiycha Navkat — "Yangi qalʼa" yoki "Yangi qishloq" demakdir.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil