Nautiluslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nautiluslar (Nautilus) - boshoyoqli mollyuskalar sinfining bitta turkumi. Tanasi koʻp kamerali, spiralga oʻxshab oʻralgan chigʻanoq ichida joylashgan. Chigʻanoq diametri 15—23 sm, vazni 1,8 kg gacha. Eng qadimgi mollyuskalar, hozirgacha faqat bir necha turi yashab qolgan. Chigʻanoq ogʻzidan N.ning boshi va koʻp sonli paypaslagichlari chiqib turadi. Boshqa boshoyoqli mol-lyuskalarga nisbatan soddaroq tuzilgan. Hind okeani sharqida va Tinch okean gʻarbida 100–750 m chuqurlikda yashaydi. Oʻlimtik va holsizlangan qisqichbaqa hamda balikdar bilan oziqlanadi. Urgʻochilari 10 ta gacha yirik tuxum qoʻyadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil