Sergey Nikolayevich Naumov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Naumov Sergey Nikolayevichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sergey Nikolayevich Naumov (1874.6.7, Kaluga - 1933.11.12, Toshkent) — kimyogar. Turkiston universiteti professor (1920 yildan). 1920—24 yilda shu universitet tibbiyot boʻlimi dekani, laboratoriya mudiri (1924—25), organik kimyo kafedrasi mudiri (1925 yildan). N.ning naftenlar sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari katta ahamiyatga ega. N. tomonidan sintez qilingan 1,4-dimetilgeksametilen yangi modda sifatida tan olingan. U xinon va to-luxinondibromidlar tuzilishini, xossalarini oʻrganish sohasida chuqur izlanishlar olib bordi, 2,3-siklogek-sandion 1,4-dikarbon efirining tuzilishini topdi. Mazkur modda hosilalaridan xinoksalin, monooksim, dioksim, monogridrazon, bipirazolon, ozazon va boshqalarni sintez qildi. Uning ilmiy kuzatishlari natijalari oʻlaroq izomerlanish reaksiyalariga ancha aniklik kiritildi, turli efir moddalari sintezi amalga oshirildi. N.ning Oʻrta Osiyo togʻlarida uchraydigan tabiiy selitrani sintez sohasida qoʻllash borasidagi ishlari amaliy ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekistonda kimyo fanining rivojlanishi, milliy kadrlar tayyorlash, yangi yoʻnalishdagi ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlarning yoʻlga qoʻyilishida N.ning xizmatlari katta. Uning shogirdlari orasida SYU.Yunusov, O.S. Sodiqov, h.Rustamov, K.S. Ahmedov kabi mashhur kimyogarlar bor. OʻzMUning kimyo fakulteti professor S.N.Naumov nomi bilan ataladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil