Natriyli selitra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Natriyli selitra, natriy nitrat, NaNO3 — nitrat kislotaning natriyli tuzi; azotli oʻgʻitlaraan. Suvda yaxshi eriydigan rangsiz kristall modda. Chili selitrasi deb ham ataladi. (Chilidagi tabiiy konlardan olinadi). Sanoatda azot oksidni ishkrrga yuttirib, reaksiya vaqtida hosil boʻladigan natriy nitratni nitrat kislota bilan oksidlab olinadi. Tarkibida 16—16,5% N bor, gigroskopik, saqlanganda bir oz mushtlanadi, quruq holida yaxshi sochiladi. Natriyli selitra fiziologik ishqoriy oʻgʻit, shuning uchun u, koʻpincha, ohaklanmagan nordon chimli-podzolli tuproklarda ishlatiladi. Oʻrta Osiyoning karbonatli tuproklarida, ayniqsa, shoʻrlangan tuproklarda Natriyli selitrani ishlatish tavsiya etilmaydi. Oʻzbekistonda Natriyli selitra Chirchiq"Elektrkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati, Navoiy "Elektrkimyozavodi" aksiyadorlik jamiyati, Fargʻona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqariladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil