Natriy sulfat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Natriy sulfat — sulfat kislotaning natriyli tuzi. Na2SO4, rangsiz modda, achchiqroq; suyuqlanish temperaturasi 32,4°, suvda oz eriydi (100° da massa jihatdan 29,7%). Tabiatda tenardit va mirabilit minerali koʻrinishida uchraydi. Koʻpchilik tuzlar (Mas, Li2SO4, K2SO4) bilan qattiq eritma va boshqa sulfatlar bilan qoʻsh tuzlar hosil qiladi. Bularning ayrimlari Na2SO4-MgSO4- 4N2O (astraxanit), Na2SO4 (glauberit), Na2SO4-2K2SO4 (glazerit), 2Na2SO4 Na2CO3 (berkeit) tabiatda uchraydi. Natriy sulfat shisha, sulfatli sellyuloza ishlab chiqarishda, toʻqimachilik sanoatida, sovun va charm ishlab chiqarishda, rangli metallurgiyada, tibbiyotda (surgi sifatida) va veterinariyada ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil