Nasriddinshoh
Jump to navigation
Jump to search
Nasriddinshoh (1831-1896.1.5, Tehron) — Eron shohi (1848—96). Qojarlar sulolasidan. Uningdavrida Bo-biylar qoʻzgʻolonlari shafqatsizlik bilan bostirilgan. N. davrida Yevropa mamlakatlarining Erondagi siyosiy tazyiqi kuchaygan. N. chet el (ingliz va rus) sarmoyadorlariga telegraf, bank, yoʻl va boshqa konsessiyalarkni bergan. 1892 yilda Angliyadan davlatni asoratga soladigan katta qarz olgan. Chet el ta-maki konsessiyasiga qarshi koʻtarilgan harakatni jazolagani uchun maxfiy terroristik tashkilot vakili Mirzo Rizo Kermoniy tomonidan oʻldirilgan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |