Nasiba Qayumova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nasiba Qayumova
Tavalludi 2-aprel 1968-yil (1968-04-02) (56 yosh)
Kitob tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Qarshi davlat universiteti
Taʼlimi Qarshi davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Nasiba Ashurovna Qayumova (1968-yil 2-aprel, Kitob tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, professor

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nasiba Qayumova 1968-yil 2-aprel Kitob tumanida tugʻilgan[1]. 1990-yilda Qarshi pedagogika institutini matematika va fizika fani oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1990—1997-yillarda Qarshi shahar Mahmudxoʻja Behbudiy nomli 4-oʻrta maktab matematika va informatika fani oʻqituvchisi, 1997—2001-yillarda Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi oʻqituvchisi, 2001—2009-yillarda Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2009—2014-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali kasb taʼlimi va telekommunikatsiya kafedrasi mudiri, 2014—2016-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali axborot-taʼlim texnologiyalari kafedrasi dotsenti, 2016—2019-yillarda Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2019—2021-yillarda Qarshi davlat universiteti informatika oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan, 2021-yildan Qarshi davlat universitetining „Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari“ kafedrasi mudiri.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida nomzodlik ishini himoya qilgan. 120 dan ortiq ilmiy ishlar, shulardan, 2 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma 2 ta monografiya, 10 ta uslubiy qoʻllanma, 8 ta elektron taʼlim resurslariga egalik guvohnomasi, mobil ilovalar, 30 dan ortiq il,iy maqolalar muallifi[1]. 2022-yilda „Elektron taʼlim muhitida boʻlajak informatika oʻqituvchilarini integrativ yondashuv asosida tayyorlash metodikasini takomillashtirish“ mavzusida elektron taʼlim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy ishini himoya qilgan. Elektron taʼlim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha respublikada birinchi fan doktori hisoblanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE