Nasiba Ibragimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nasiba Ibragimova
Tavalludi 1-may 1942-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Diktor
Mukofotlari

Nasiba Ismoilovna Ibragimova — (1942-yil, 1-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist[1].


Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nasiba Ibragimova 1942-yil 1-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. Oliy maʼlumotli. U 1964-yil Toshkent davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tugatgan. Oliy toifali diktor. O’zbekiston televideniyesi birinchi diktorlaridan. Nasiba Ibragimova 25-yil davomida O’zteleradiokomitet partiya komiteti sekretari, O’zbekiston SSR Kompartiyasi markaziy komiteti Yashnaobod (Hamza) va Olmazor (Sobir Rahimov) tuman partiya komitetlarining sekretari, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Xalqaro aloqalar milliy assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari, Davlat sanʼat muzeyi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan[2].


Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nasiba Ibragimova 3-sinfdayoq Oʻzbekiston radiosida bolalar va oʻsmirlar uchun „Musiqali soat“, „Pioner ertaligi“, „Istiqlol egalari“, „Gulshan“ kabi eshittirishlarni olib borgan. U shuningdek „Vasyok Trubachov va uning oʻrtoqlari“, „Laylo Sharipova kuylaydi“, „Buttapircho bola“, „Soat yarim kechada toʻxtab qoldi“, „Qizlar“, „Chol ibn Hattob“, „Tamaraxonim kuylaydi“ kabi 200 dan ortiq hujjatli va badiiy filmlarga ovoz bergan. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib, „Yevrovideniye“ (Rossiya), „Intervideniya“ kabi koʻrsatuvlarni olib borgan."Oʻzbek sovet ensiklopediyasi" (4-jild), „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ (3-jild), qator kitob, gazeta, jurnal, TV, radio materiallarida uning ijodi qayd etilgan. Uning olib borgan eshittirishlari xorijiy kanallarda uzatilgan. Nasiba Ibragimova UNESCO tomonidan chop etilgan „Jenshina XX vek“ kitobiga kiritilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nasiba Ibragimova 1976-yil „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist“ unvonini, 1991-yil „Mehnat faxriysi“ medali, 2002-yilda „Doʻstlik ordeni“, „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. История дикторов телевидения
  2. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224 bet. ISBN 978-9943-07-694-5.