Nashagul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nashagul (Rubbeckia laciniata L), qiyiqbarg nashagul — murak-kabguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon manzarali oʻsimlik. Vatani — Amerika. Boʻyi 1—2,5 m. Poyasi tik oʻsadi, pastdagi yaproqlari patsimon, yuqoridagilari uch burchakli. Gullari sariq va toʻq kizil. Toʻpguli savatcha, yirik (7—12 sm), sharsimon, koʻp gulli, uzun bandli, shoxlari uchida bittadan oʻrnashgan. Savatchaning chetiga oʻrnashgan gullari tilsimon, jinssiz, oʻrtadagilari esa? naychali, ikki jinsli. Mevasi 5—6 j mm, 4 qirrali doncha, uchida kokili bor.

Urugʻi ponasimon, choʻziq. N. urugʻlaridan hamda bachkisidan koʻpaytiriladi. Iyuldan to kech kuzgacha gullaydi. Oʻzbekistonda parklarga, maysazor va gulzorlarga ekiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil