Narx indeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Narx indeksi — muayyan davr davomida narxlarning nisbiy oʻzgarishlari koʻtarilishi yoki pasayishi, dinamikasi koʻrsatkichi. Narx indeksi yakka va yigʻma Narx indeksiga boʻlinadi. Yakka Narx indeksi kuzatiladigan (hisobot) yildagi muayyan tovar narxining bazis davrdagi narxga nisbatiga, yigʻma Narx indeksi hisobot davrida amaldagi narxlarda sotilgan tovarlar guruhi qiymatining bazis davri narxlaridagi qiymati nisbatiga teng va foizlarda hisoblanadi.

Ayrim mamlakatlarda, Mas, Buyuk Britaniyada tovarlar va xizmatlarning chakana narxlari indeksi taxminan 130 mingdan ortiq turli tovarlar narxlari asosida Markaziy statistika byurosi tomonidan hisoblab chiqiladi va har oyda eʼlon qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil