Narx-franko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Narx-franko — tovarni haridorga tashib yetkazib berish sarflarini ham oʻz ichiga olgan ulgurji narx. U odatdagi narxdan transport sarflarining kiritilganligi bilan farqlanadi. Tovarni sotuvchi tashib yetkazish manzili — temir yoʻl st-yasi, kemalar porti, om-bor yoki davlat chegarasi boʻlishi mumkin. Manzilning uzoq-yaqinligiga, to-varning ortib-tushirib berilishiga qarab N.-f. har xil boʻladi. N.-f. haridor uchun qulay boʻlib, transportni tashkil etish muammolaridan ozod qiladi.

Xalqaro savdoda N.-f.ning SIF, FAS, FOB singari tijorat shartlari bor. SIF (ing. Cost, Issurance, Freight — qiymat, sugʻurta, fraxt) — tovarning sotilish narxiga tovar qiy-mati, sugʻurta va manzilgacha transport harajatlari ham kiradi; FAS (Free Alongside Ship — kema boʻylab erkin) — sotuvchi oʻz tovari uchun kema yollay-di, tovarini kemagacha oʻzi hisobidan yetkazib va ortib beradi; FOB (Free on Board — kemada erkin) — kemani xa-ridor yollaydi, sotuvchi oʻz tovari uchun kemaga yuklash davriga qadar javobgar boʻlib, tovar narxi bevosita tovar qiymati va uni yuklashgacha boʻlgan harajatlardan tagi kil topadi (yana qarang Franko).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil