Narval

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Narval (Monodon monoceros) — delfinlar oilasiga mansub dengiz sut emizuvchisi. Shu urugʻning yagona turi. Uzunligi 6,1 m, vazni 1 — 1,5 t gacha. Boshi yumaloq. Terisining rangi oqish, qrra dogʻlari bor. Erkaklari, baʼzan urgʻochilarining yuqori jagʻi chap tomonida 3 m gacha uzunlikda bitta tishi rivojlanadi (shuning uchun baʼzan "bir shox-li" deb ataladi). Bu tishi yordamida zarur boʻlganida muzni teshishi mumkin. Tishlari boʻlmaydi. Arktikada yashaydi. Baʼzan Yangi Yer, Frans-Iosif yeri va Chukot dengizida ham uchraydi. Boshoyokli mollyuskalar va baliklar bilan oziqlanadi. Rossiya Qizil kitobiga kiritilgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil