Narshax

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Narshax, Narjak, — Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi qad. qishloq. Ilk oʻrta asrlarda N.da katta hisor (qoʻrgʻon) boʻlgan.

Muqanna qoʻzyulonittg markazlaridan biri shu qishlokda joylashgan. 776 yil aprelda Muqanna tarafdorlari bilan Buxoro amiri Husayn ibn Maoz lashkari oʻrtasida N.da katta jang boʻladi. Xalifa Maxdiyning vaziri Jabroil ibn Yaqyo arablarga yordamga kelib, N.ni qamal qiladi. Toʻrt oylik janglarda Hosim Ahmad boshchiligidagi Muqanna tarafdorlari boʻlgan oq kiyimliklar gʻalaba qozonishtan. Birok, arablar hiyla yoʻli bilan N.ni egallab, qoʻzgʻolon rahbarlarini xoinlarcha oʻldirishadi. Bu paytda N.ning hokimi boʻlgan ayol kishi (erining nomi Sharaf boʻlib, u Abu Muslimnpng lashkarboshisi boʻlgan)ni ham Jabroil oʻldirtirgan.

N.dan mashhur tarixchi olim Narshaxiy chiqqan. N. haqida Abu Saʼd asSamʼoniyning "Kitob al-ansob" asarida ham muhim maʼlumotlar mavjud (12-asr). Hozirgi N. Narchoqtepa nomi bilan mashhur.

Adabiyot[tahrir]

  • Narshaxiy, Buxoro tarixi. T., 1966; Kamaliddinov Sh., "Kitob alansab" Abu Saʼda Abdalkarima ibn Muhammada as-Samʼani kak istochnik po istorii i istorii kulturi Sredney Azii, T., 1993.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil