Narkolepsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Narkolepsiya
KXK-10 G47.4
KXK-9 347
OMIM 161400
Mushaklardagi Narkolepsiya
HLA-DQ 0602 tuzilishi[1][2]

Narkolepsiya (qadimgi yunoncha: νάρκη — stupor, uyqu va λῆψις — hujum) asab tizimining gipersomniya bilan bogʻliq kasalligi boʻlib, u kunduzgi uyquchanlik va toʻsatdan uyquga ketish hurujlari, katapleksiya hurujlari yaʼni mushak tonusining toʻsatdan yoʻqolishi bilan tavsiflanadi. Bemorda ongning, tungi uyquning buzilishi, gipnagogik (uxlab qolganda) va gipnopompik (uygʻonganda) gallyutsinatsiyalar paydo boʻladi. Baʼzida uygʻongandan soʻng darhol tananing qisqa muddatli falajlari kuzatiladi.

Narkoleptik sindrom[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Veyn narkoleptik sindromning pentadasini taʼtbiq etgan:

  1. Tungi uyqusizlik,
  2. Uyquchanlik,
  3. Galyutsinatsiyalar,
  4. Katapleksiya huruji,
  5. Uygʻongandagi katapleksiya[3][4].

Shu bilan birga, narkolepsiya tashxisi uchun yuqoridagi belgilarning barchasi kuzatilishi shart hisoblanmaydi, ammo kunduzgi uyqu apnoesining bir yoki bir nechta alomatlar bilan kombinatsiyasi diagnoz qoʻyish uchun yetarli hisoblanadi[5].

Epidemiologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Narkolepsiya odatda yoshlarda, koʻpincha erkaklarda rivojlanishi kuzatilgan. Bazi bir nazariyalarga koʻra kasallik virusli kasalliklar[6] kabi tashqi qoʻzgʻatuvchi omil bilan vujudga kelishi mumkin.

Narkolepsiyaning tarqalganligi eng rivojlangan davlatlarda 100 000 aholiga 20-40 taga toʻgʻri keladi.

GlaxoSmithKlinening Pandemrix vaksinasi va narkolepsiya oʻrtasidagi bogʻliqlik Finlandiya va Shvetsiyada 2009-yilda choʻchqa grippi avj olgan paytda emlangandan soʻng taxminan 200 bolada kuzatilgan. Izolyatsiya qilingan holatlar Buyuk Britaniya, Irlandiyada va Gollandiyada ham qayd etilgan. Skandinaviya mamlakatlarida oʻrtacha har 15 000-16 000 emlangan bolalardan birida narkolepsiya rivojlanishi kuzatilgan[7].

Etiologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunga qadar narkolepsiyaning sabablari yetarlicha oʻrganilmagan. Ular oreksinlar (gipokretinlar), gipotalamus peptidlarining yetishmasligiga asoslangan degan taxminlar mavjud[8]. Narkolepsiya bilan ogʻrigan bemorlarda miya likvor suyuqligida oreksin miqdori kamayganligi aniqlandi[5]. Miyaning koʻrsatilgan biologik faol moddasi tez uyqi almashish jarayonini tartibga soladi[8].

Narkolepsiya bilan ogʻrigan bemorlarda gisto-moslashuv antigenlari — HLA DR2/DQW1[9] genlari majmuasi bilan yaqin bogʻliqlik aniqlangan.

Terapiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Deksedrin tabletkalari 5 mg dekstroamfetamin sulfatli tarkibga ega

Bugungi kunda taklif qilingan terapiya kasallikning alomatlarini yengillashtirishi va hayot sifatini yaxshilashi mumkin, ammo undan xalos boʻlishga yordam bermaydi.

Gʻarb mamlakatlarida narkolepsiyani davolash uchun psixostimulyatorlar qoʻllaniladi: dekstroamfetamin sulfat („Dexedrin“, „Dexedrin-SR“, „dekstrostat“), metamfetamin („Deoksin“)[10], metilfenidat („Ritalin“), pemolin („Cilert“), mazindol (sanoreks), solriamfetol va modafinil (provigil)[11]. Modafinil kunduzgi uyquni samarali ravishda toʻxtatadi[12] dunyo boʻyicha narkolepsiyani davolash uchun ishlatiladi. Rossiya Federatsiyasida ushbu dorilarning barchasidan foydalanish taqiqlangan va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari roʻyxatiga kiritilgan.

Narkolepsiya uchun atomoksetin, norepinefrinni ogohlantiruvchi boʻlmagan qaytarib olish ingibitori[11] va H3-gistamin retseptorlari antagonistlari : pitolizant ishlatiladi.

Narkolepsiyada selektiv serotonin ingibitorlari va antidepressantlar, klomipramin, imipramin, protriptilin va REM uyquni minimallashtiradigan boshqa dorilar katapleksiyani davolash uchun ishlatiladi.

Kechasi uyqu buzilishini tuzatish uchun gipnoz preparatlar (zolpidem va zopiklon) qoʻllaniladi.

AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan narkolepsiya uchun tasdiqlangan dori natriy oksibutirat(Xirem) hisoblanadi[13]. Koʻpgina klinik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, natriy gidroksibutirat katapleksiya va narkolepsiya bilan bogʻliq boshqa alomatlarni davolashda yordam bergan[14].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Siebold C, et al. „Crystal structure of HLA-DQ0602 that protects against type 1 diabetes and confers strong susceptibility to narcolepsy.“ ProcProc Natl Acad Sci U S A. 2004 feb 17;101(7):1999-04. PMID 14769912
  2. Chen J, et al. „MMDB: Entrez’s 3D-structure database.“ Nucleic Acids Res. 2003 en;31(1):474-7.
  3. В.И. Лебедев, О.Н. Кузнецов. Психология и психопатология одиночества. Рипол Классик, 1972 — 245 bet. ISBN 978-5-45-838898-6. 
  4. Вейн 1966.
  5. 5,0 5,1 Под ред. Е. И. Гусева, А. Н. Коновалова, В. И. Скворцовой, А. Б. Гехт. Неврология: национальное руководство. ГЭОТАР-Медиа, 2010 — 558 bet. ISBN 978-5-97-041714-0. 
  6. Harvey Simon, Associate Prof of Medicine, Harvard University; David Zieve. „Narcolepsy Causes“. University of Maryland Medical Center. 2012-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  7. „Вакцина от «свиного» гриппа помогла [приоткрыть тайну нарколепсии“] (ru). medportal.ru. 2021-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  8. 8,0 8,1 В. Леонкин, А. Дроздов и др. „Нарколепсия“,. Полный справочник невропатолога. Litres, 2015 — 404 bet. ISBN 978-5-45-726494-6. 
  9. Баркер Р., Барази С., Нил М. Перевод с англ. Г.Н. Левицкий „Нарколепсия“,. Наглядная неврология. ГЭОТАР-Медиа, 2009 — 97 bet. ISBN 978-5-97-041164-3. 
  10. {{{заглавие}}}.
  11. 11,0 11,1 Nishino S., Mignot E. „Center for Narcolepsy » Medications“ (en). Stanford School of Medicine. Stanford University (2003-yil 2-iyul). 2008-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-dekabr.
  12. {{{заглавие}}}.
  13. Eric P. Bastings. „XYREM® (sodium oxybate) oral solution, CIII. Initial U.S. Approval: 2002“ (en). United States Food and Drug Administration (2014-yil 4-noyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-dekabr.
  14. {{{заглавие}}}.