Narkobiznes
Narkobiznes (yun. pagke biznes) -narkotik moddalarni olish va sotish bilan shugʻullanadigan jinoiy uyushma faoliyati. N.dan katta foyda koʻrayotgan turli guruh va shaxslar faoliyati xalqaro konvensiyalar, alohida mamlakatlarning qonunlari bilan man etilgan. Shunga qaramay 20-asr oxiri va 21-asr boshida bunday faoliyat avj oldi.
N. keltirib chiqarayotgan global oqibatlar insoniyatga xavf sola boshladi. Shu bois BMT doirasidagi hamda turli mintaqaviy uchrashuvlarda N.ga qarshi kurashda xalqaro jamoatchilik kuch-gʻayratini birlashtirish taʼkidlab kelinadi. Yana q. Giyohvandlik vositalari.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |