Narekatsi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Narekatsi — kechpishar xoʻraki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i.t. institutida Echkiemar va Parkent navlarini chatishtirib yaratilgan. Gʻujumi yirik, choʻziq, toʻq binafsha rang . Pusti kalin, eti sersuv, mazasi xushxoʻr. Hosildorligi 165— 190 s/ga. Kasallik va zararkunandalarga chidami, sovuqqa bardoshi past. Yangiligida isteʼmol etiladi, qishda uzoq saqlashga chidamli.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil