Narayan Pritxvi
Qiyofa
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1b/Prithvi_Narayan_Shah_%28oldest_picture%29.jpg/200px-Prithvi_Narayan_Shah_%28oldest_picture%29.jpg)
Narayan Pritxvi (1723—75) — Nepal qiroli (1769-yildan). Gʻarbiy Nepalda 1742—69-yillar mobaynida Gorkxva knyazligini idora etgan. 1743—69 yillarda Katmandu vodiysidagi Kantipur, Bhantapur, Lamitaur, Banspur yerlarini, soʻngra Kirat, Morang hamda Shimoliy Nepalga qarashli Ilam yerlarini oʻziga boʻysundirgan. 1769-yil poytaxtni Katmandu shahriga koʻchirgan va u yerda yagona Nepal qirolligiga asos solgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |