Naqsh (bezak)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Naqsh — 1) Sharq xalqlari musiqaga xos bezak nomlaridan biri; 2) Oʻn ikki maqom tizimi tarkibida uchraydigan musiqiy shakllardan biri. Xoʻja Abdulqodir Marogʻiy (14-asr)ning Safiuddin al-Urmaviy (13-asr) asariga yozgan sharhida N. 14 xil musiqiy janr va shakllar qatorida keltirilgan. Najmiddin Kavkabiynmt yozishicha, N. murakkab shakldagi ikki baytni qamrab oladigan kichik hajmdagi asar sifatida taʼriflagan. N.lar farʼ, turk-zarb, foxtazarb kabi qad. doyra usullari asosida bastalagan. "Gʻiyos ul-lu-gʻat" (19-asr)ga koʻra N. shakli xurosonlik badihagoʻy baxshilar ijodi bilan bogʻliq qolda yuzaga kelgan. Oʻtmishda Us tod Shodiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Kavkabiy, Feruz va boshqalarning N.lari mashhur boʻlgan. Shashmaqom tarkibidan oʻrin olgan N.lar bizgacha umumiy (tarona) nomi yetib kelgan. Shu jumladan, Nasri Bayot Taronasi, Nasri Ushshoq Taronasi, Segoh Taronasi kabi ashula yoʻllarida N. xususiyatlari namoyon boʻladi. Xorazm maqomlari aytim yoʻllaridagi N. esa oʻz nomi bilan yuritiladi.

Ravshan Yunusov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil