Naqib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Naqib, naqibxoʻja (arab. — boshliq, sardor, qabila boshligʻi, dohiy) — Xiva xonligidagi harbiy mansabdor. Sayyidlar va xoʻjalar uchun yuqori faxriy unvon. N. oʻzlarini Muhammad paygʻambarning avlodlaridan deb hisoblay-digan sayyidlar jamoalari rahbarlarining lavozimi. Hukmron doiralar N. orqali sayyidlar jamoalari bilan muomala qilganlar. N.lik lavozimi avloddan avlodga oʻtgan. N. xonning eng yaqin maslahatchilaridan boʻlib, safarlarda unga hamroh boʻlgan. Rasmiy qabul marosimlarda N. xonning soʻl tomonida 1-oʻrinda oʻtirgan. Xon N.larga tayangan. N.larning oʻz navkarlari boʻlib, hamma harbiy safarlarda qatnashgan. N.larning vazifasi urush safari vaqtida qoʻshin tuzish, uni qurollantirish va joylashtirish mahoratiga ega boʻlgan, odd va orqadagi, oʻng va soʻl qanotdagi markaz va pistirmadagi askar holidan xabardor boʻlgan, oʻz vazifasiga loyiq boʻlmagan kishini maʼlum vazifani bajarishga qoʻymagan. Xiva xonligida urush safarlari vaqtida N. shu vazifalarni bajargan. Xon "saylov"i vaqtida N. ishtirok etgan. N.lar xazinadan taʼminlanib turilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil