Naqarot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Naqarot — qoʻshiqnutg har baididan soʻng muntazam ravishda takrorlanib turuvchi qismi. N.ning sheʼriy matni, odatda, toʻrtlik yoki baytdan tashkil topib, tugal badiiy obrazni ifodalaydi. N. musiqa asarining ikkinchi kuy davriyasi, ixcham va sodda shaklli namunalarda esa kuyning ikkinchi jumlasi sifatida gavdalanadi. Qoʻshiqva madqiyalarda N. boshqa qismlardan musiqiy vazn, uslub va ijro surʼati bilan farqlanishi mumkin. Xorjamoalariga moʻljallab yaratilgan qoʻshiqlarda N. qismi, odatda, yalpi xor tomonidan ijro etiladi. Ayrim xalq qoʻshiq va yallalarida N. asosiy kuyni butunligicha takrorlaydi va bandlardan takroriy sheʼr matni tufayli ajratiladi. Koʻshiq, ashula, suvora, maqomlarning shoʻba va taronalarida, shuningdek, oʻzbek bastakorlik ijodiyotiga mansub asarlarda N.ning har xil vokal va cholgʻu yoʻllari mavjud (Mas, Bozgoʻy).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil