Nant (sabzi navi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nant — oʻrtapishar sabzi navi. Butun-ittifoq sabzavot ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi i.t. institutida yakka tanlash usuli bilan chiqarilgan (1943). Oʻzbekistonda 1946 yildan r-nlashtirilgan. Bargi yashil, kam tukli. Sabzisi shakli silindrsimon, uchi toʻmtoq, uz. 15—16 sm, diametri 3,0—4,0 sm, yuzasi tekis, bir donasi 60—120 g . Eti tiniq, qizgʻish toʻk, sariq, sersuv, shirin, mayin, oʻzagi ingichka. Tarkibida qand 5,9%, quruq modda miqdori 11,9%, karotin 72 mg %. Hosili urugʻi unib chiqqanidan keyin 80—90 kunda yetiladi. Hosildorligi 110—120 s/ga. Yangiligida isteʼmol qilinadi, konserva tayyorlanadi. Oʻzbekistonning barcha vi-loyatlarida ekiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil