Nannin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nannin — Xitoyning jan. qismidagi shahar. Guansi-Chjuan muxtor rayonining maʼmuriy, muhim sanoat, ilmiy va madaniy markazi. Aholisi 2,8 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Yuszyan daryosi boʻyidagi port. Qishloq xoʻjaligi rayoni va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini taqsimlash markazlaridan. Metallurgiya, mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet, tibbiyot va qishloq xoʻjaligi institutlari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil