Nandlar imperiyasi
Hind tarixiy manbalariga koʻra,Nandlar kshatriylarni yoʻq qilib taxtga oʻtirgan shudralardan hisoblanadi.Nandlar sulolasiga Maxanadma asos solgan.Braxman manbalari nuronlarda Nand „yomon fazilatli va pastkash“ deb yozilgan.Bu taʻrif antik mualliflar asarlarida ham saqlanib qolgan.Tarixchi Plutarxning soʻzlariga koʻra,Pataliputra taxtida o'sha davrda „zoti past podshoh“ oʻtirgan.Jaynlarning asarlarida aytilishicha,Nandlarning koʻpchiligi jaynizm diniga eʻtiqod qilishgan ekan[1].
Nand imperiyasi haqida koʻp maʻlumotlar bizgacha mahalliy hind manbalari orqali yetib kelgan.Mahalliy hind podsholari Aleksandrga Nand qo'shinlarining kuchliligi,ammo podsho Agramesning obroʻ-etibori yuqori emasligi haqida xabap beradilar.Yunon tarixchilaridan Diodor va Kursiy Rufning koʻrsatishicha Agrames qoʻshinida 200 ming piyoda, 20 ming otliq askar, 2 mingta kegil aravalar va 3-4 ming jangovar fillar bor edi.Ayrim hind matnlarida Nand podshosini Ugrasena,yani „katta armiya egasi“ nomi bilan ataganlar.Qadimgi hind manbalarida,Nandlarning boylik orttirishga intilishlari hatto,teri-charm,daraxt qimmatli toshlar uchun ham soliq solganliklari aytiladi[2].
Nandlar qudratli armiyani ishga solib soliq toʻlovlarini yoʻlga qoʻyib faol tashqi siyosat olib borishgan.Ular baʻzi mahalliy sulolalar kuchi va mustaqilligiga barham berib,Dekanning janubiy o'lkalariga kirib borganlar[3].
Epigrafik yodgorliklarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kalinga (hozirgi-Orissa) yoki uning bir qismi Nandlar imperiyasi tarkibiga kirgan.Bu imperiya keyinchalik oʻsha davrda yangi barpo etilgan Mauriylar sulolasi tomonidan birlashgan hind davlati tashkil bo'lishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berganlar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Бойназаров Ф. Кадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004
- Gʻofurov A. Hindiston.Fagʻona davlat universiteti.2009
- Lafasov M. jahon tapixi (1918-2008). T.. 2010
- Bacильев H.История Востока.1-2 том.M.,2004.
- Вигасин А.,Дандомаев М. Исория Древнего Востока.-M., 2001.
- शैलेन्द्र सेंगर "प्राचीन भारत का इतिहास", प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशर्स और डिस्ट, २००५
- रोमिला थापर भारत का इतिहासा० प्रकाशक : राजकमल प्रकाशन, २००८ 3. विपिन चन्द्र आधुनिक भारत का इतिहास० प्रकाशक: ओरिएंट ब्लेकस्वान