Namlik oʻlchagich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Namlik oʻlchagich — gazlar, suyukliklar va qattiq jismlar (shu jumladan, sochiluvchan jismlar, Mas, tuproq, qum) namligini oʻlchaydigan asbob. Gigroskopik, elektr-kimyoviy, gigrometrik va psixometrik xillari bor. Gigroskopik Namlik oʻlchagichning ishi materiallar va moddalarning atrof muhitdagi namlik (suv buglari) ni oʻziga yutish xossasiga asoslangan. U gazlar va suyukliklarning namligin oʻlchashda ishlatiladi. Elektrkimyoviy N.oʻ. jismlardan elektr toki utkazilganda unda kimyoviy reaksiya yuz berib, namlik miqsorini oʻzgartirishga asoslangan. U bilan ham gazlar va suyukliklarning namligi oʻlchanadi. Gigrometrik Namlik oʻlchagichning ishi namlik miqdoriga qarab yogʻsizlantirilgan soch tolasining oʻz uzunligini oʻzgartirishi xossasiga asoslangan. U gazlarning namligini oʻlchash uchun ishlatiladi. Psixrometrik Namlik oʻlchagichning ishi ikki termometr (biri quruq, ikkinchisining ustiga hoʻllangan mato oʻralgan) ning koʻrsatishlar farqini oʻlchashga asoslangan. Bu ham gazlar uchun moʻljallangan. Namlik oʻlchagich larning sigʻimli, konduktometrik va yadroviy magnit rezonans hodisasiga asoslangan turlari ham bor. Bular suyukliklar va qattiq jismlar namligini oʻlchash uchun moʻljallanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil