Namangan zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Namangan zilzilasi - Namanganda roʻy bergan zilzila. 1927 yil 12 avg .da sodir boʻlgan. Zilzila magnitudasi Rixter shkalasi boʻyicha M-6, zilzila kuchi 12 ballik MSK-64 shkalasi boʻyicha 8 ball boʻlgan. Namangan zilzilasi gipotsentri 14 km chuqurlikda, epitsentri esa Fargʻona shim.dagi fleksura-yorilmasida joylashgan. Zilzila vaqtida koʻpgina uylar shikastlangan. Oʻsha yili 19 avg .da zilzilaning eng kuchli aftershoki 7 ball kuch bilan takrorlandi. Uning magnitudasi M-5,7, chuqurligi N-20 km. Yana bir necha oy davomida zilzilaning koʻplab aftershoklari roʻy berdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil