Kontent qismiga oʻtish

Namangan qoʻgʻirchoq teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Namangan qo‘g‘irchoq teatri
Turi Teatr
Ishga tushgan sanasi 2024-yil 2-dekabr
Joylashuvi Namangan shahar, Alisher Navoiy ko'chasi

Namangan qoʻgʻirchoq teatri – Namangan shahar, Alisher Navoiy koʻchasida joylashgan qoʻgʻirchoq teatr[1][2]. Teatr 240 oʻrinli tomosha zali va 70 oʻrinli kinozaliga ega. Namangan qoʻgʻirchoq teatrining oʻzida qoʻgʻirchoqlarni tayyorlash sexi ham mavjud. Teatrning ochilish marosimi 2024-yil 2-dekabr kuni boʻlib oʻtgan va shu kunning oʻzdan qoʻgʻirchoq teatri oʻz faoliyatini boshlagan. Ochilish marosimida poytaxtdan va qoʻshni viloyatlardan kelgan mehmonlar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar va Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etgan. Mehmonlarga yangi teatrda ilk sahna asari – Iqbol Mirzo qalamiga mansub „Alisher Navoiy va Husaynning yoshligi“ spektakli namoyish etilgan[3].

  1. „To‘rt viloyatda qo‘g‘irchoq teatrlari ochiladi“. qalampir.uz. qalampir.uz. Qaraldi: 11-iyul 2024-yil.
  2. „Namanganda ilk qo‘g‘irchoq teatri faoliyatini boshladi“. Daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 11-iyul 2024-yil.
  3. „Namanganda qo‘g‘irchoq teatri o‘z faoliyatini boshladi“. aniq.uz. Qaraldi: 11-iyul 2024-yil.