Namangan haqiqati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"NAMANGAN HAQIQATI" - namangan viloyat hokimligining ijtimoiy-siyosiy gaz. Namangan shahrida oʻzbek tilida haftada 2 marta chiqadi. Dastlab "Ishchilar qalqoni" (1918—19), "Erkinlik" (1919—21), "Zarbdor" (1921-36), "Stalin haqiqati" (1936—48) nomlarida chiqqan. 1958 yildan hozirgi nom-da. Gaz.da turli davrlarda Lutfulla Olimiy, Turgʻun Poʻlat, Husniddin Sharipov, Habib Saʼdulla, Hamid Nuriy kabi oʻtkir qalam soxibalari faoliyat koʻrsatishgan. "Namangan haqiqati"da uzoq yillar samarali mehnat qilgan Ibrohim Yusupov, Fazliddin Mirzayev, Ermamat Nurmatov, Hamidaxon Mamajono-va, Abdufattoh Rajabov, Gʻulomjon Akbarovlar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist faxriy unvonlariga sazovor boʻlishgan.

"Namangan haqiqati" viloyat xayotining koʻzgusi sifatida umumiqtisodiyot, sanoat, qish-loq xoʻjaligi, taʼlim va boshqa soxalardagi yangilik va oʻzgarishlarni, jismoniy tarbiya va sport masalasini keng va mufassal yoritadi. "Tadbirkor" nomli ilovasi ham bor. Gaz. adadi 5100 (2003).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil