Namangan atlas aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

NAMANGAN "ATLAS" AKSIYADORLIK JAMIYATI - Oʻzbekistondagi yirik toʻqimachilik korxonasi. "Oʻzbek ipagi" uyushmasining "Shoyi" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Korxona, asosan, tabiiy ipak, sof ipakdan tayyorlangan milliy xonatlas, tandasi sof ipak va arqogʻi paxta ipli adras va beqasam gazlamalari hamda sof ipakdan qadimgi miniatyuralar tasvirlari bilan gilamlar ishlab chiqaradi. Jamiyat tarkibida pillakashlik, boʻyoqchilik, toʻquvchilik korxonalari bor.

1925 yilda mahalliy hunarmand, toʻquvchi kosiblarni birlashtirgan "Yangi rivojiya" arteli tashkil etilgan. 1962 yilda korxona Namangan shoyi toʻqish f-kasiga aylantirildi. 1971 yilda Namangan abrli shoyi toʻqimachilik k-ti, 1994 yildan hozirgi nomda. 1973 yillarda 202 t ipak ishlab chiqaradigan pillakashlik korxonasi, 1976—80 yilda 7,2 mln. m milliy gazlama ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan boʻyoqchilik va toʻquvchilik korxonalari ishga tushirildi. 1994 yilda k-t davlat tasarrufidan chiqarildi va aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

1998 yilda pillani qayta ishlash jarayonida chiqqan chiqindilardan ipak tayyorlashga ixtisoslashgan "Silk Road" Oʻzbekiston—Yaponiya qoʻshma korxonasi ishga tushirildi. 2002 yilda paxta ipi ishlab chiqaradigan "Channa-Teks" Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonasi qurib bitkazildi. 2003 yilda esa Janubiy Koreyaning "Ay-Di-Zi" korporatsiyasining zamonaviy pillakashlik avtomatlari oʻrnatilib, korxona quvvatlari oshirildi. Mah-sulotlari xorijga eksport qilinadi.

Korxonada 1,6 mln. m tayyor gazlama (shundan 956 ming m ipak gazlama, 645 ming m ip gazlama), 65 t tabiiy ipak tayyorlandi (2002). Korxonada 3000 ga yaqin ishchimuxandis xodimlar ishlaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil