Namangan adirlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Namangan adirlari - Namangan viloyatidagi adirlar. Namangan shahridan shim.da, jan.-gʻarbiy yoʻnalishda joylashgan. Uz. 35–40 km, eni 8–10 km. Adirlar pliotsen — quyi toʻrtlamchi davrning qoʻngʻir alevrolitlaridan tu-zilgan, ularga kichik qatlam holda gravelit va konglomeratlar aralashgan. Namangan adirlari meridianal yoʻnalishda oqadigan soy (Chortoqsoy, Pochchaotasoy, Namangan-soy, Kosonsoy va boshqalar)lar oʻzani bilan boʻlingan. Chekkalari atrofidagi tekisliklarga sekin-asta qoʻshilib ketgan. Bir oz tikroq yon bagʻirlarida tub jinslar yuzasi ochilib krlgan. Tuproqlari yuvilgan, dagʻal skeletli, yupqaroq, gumus miqdori 0,5—1,0%. Oddiy boʻz tuproklarda rang , qoʻngʻirbosh, efemeroidlar keng tarqalgan. Yaylov chorvachiligida foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda adirli yerlar oʻzlashtirilishi munosabati bilan tuproqlarning shoʻrlanishi, eroziya, yon bagʻirlarining oʻpirilishi kabi jarayonlarning rivojlanishi kuzatilmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil