Kontent qismiga oʻtish

Namangan asnam tekstil qoʻshma korxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Namangan Asnam tekstil qoʻshma korxonasiOʻzbekiston – Turkiya]] qoʻshma toʻqimachilik korxonasi. Masʼuliyati cheklangan jamiyat maqomiga ega. Taʼsischilari - „Oʻzbekyengilsanoat“ davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, „Yengilsanoatinvestxomashyo“ aksiyadorlik jamiyati va Turkiyaning „Astop“ firmasi. Korxona qurilishi 1992-yil iyulida imzolangan shartnomaga asosan boshlanib, 1994—2001-yillarda qurildi va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 2001-yil apreldan boshlandi.

Nizom jamgʻarmasi 6,99 mln. AQSH dollari. Shundan Oʻzbekiston tomonining ulushi 42% (2,93 mln. dollar), xorijiy hamkorlar ulushi 58% (4,06 mln. dollar). Namangan asnam tekstil qoʻshma korxonasining yillik loyiha quvvati 3600 t paxta kalava ip ishlab chiqarish korxona paxta tolasidan tayyor gazlamalar, trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi. Yigiruv, toʻquv, pardozlash majmuasiga ega.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil