Nam toʻplash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nam toʻplash — qor va yomgʻir suvlarini toʻplash, oqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik yoʻli bilan tuproqsa nam yigʻishga qaratilgan agrotexnikaviy tadbir. Tuproqning 1,5–2 m qatlamida ekinlar kelgusi yil bahorda yoki yozning boshlanishida foydalanishi mumkin boʻlgan suv zaxirasini yaratish uchun oʻtkaziladi. Nam toʻplash namgarchilik yetishmaydigan va oʻzgarib turadigan mintaqalarda muhim ahamiyatga ega. Oʻrta Osiyo xududida Nam toʻplash, asosan, togʻ oldi rayonlarda olib boriladi. Nam toʻplash boshqa agrotexnikaviy tadbirlar (erta shudgorlash, kuzgi yoki qishki suv berish va h.k.) bilan qoʻshib olib borilganda yaxshi samara beradi. Nam toʻplash ga kuzdan xrzirlik koʻriladi, joyning relyefi, tuproq holati va h.k.ni hisobga olgan holda oldindan tayyorlangan texnologiya xa-ritasiga muvofiq olib boriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil