Nam Joo Hyuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nam Joo Hyuk (koreyscha: 남 주혁, 1994-yil 22-fevralda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik aktyor va model. U “Sen kimsan: Maktab 2015” (2015), “Ogʻir atletika parisi Kim Bok Ju” (2016), “Daryo xudosining kelini” (2017) teleseriallaridagi rollari bilan mashhur.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nam Joo Hyuk 1994-yil 22-fevralda Koreya Respublikasining Pusan shahrida tugʻilgan. Balandligi 1,88. U oilada yagona farzand.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda Nam Joo Hyuk SONGZIO Hommening bahor/yoz kolleksiyasi uchun model sifatida debyut qildi. 2014-yilda u Akdong Musician duetining kliplarida suratga tushgan, soʻngra “Kichik suv parisi” serialida kichik rolda aktyor sifatida debyut qilgan.

2015-yilda u “Kimsan: Maktab 2015” doramasida rol oʻynadi.[1][2]

2016-yilda u “Tuzoqdagi pishloq” va “Qizil yurak: Ryeo” seriallarida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.[3][4] Oʻsha yili u “Ogʻir atletika parisi Kim Bok Ju” serialida rol oʻynadi.[5] 2017-yilda u “Daryo xudosining kelini” romantik fantastik dramasida rol oʻynadi.[6][7]

2018-yilda u “Ansi qalʼasi” tarixiy filmida debyut qildi.[8]

2018-yilning boshida Syuzi va Nam Joo Hyuk MBCning yangi doramasi “Come Hug Me”da bosh rollarni taklif qilishganini ma’lum qilishdi.

Biroq, 23-fevral kuni Syuzi va Nam Joo Hyuk taklifni rad etishga qaror qilishdi. Maʼlumotlarga koʻra, Syuzi birinchi boʻlib loyiha rejissorlarini rad etgan va Nam Joo Hyuk qizdan koʻp oʻtmay oʻz qarorini qabul qilgan.

Biroq 2020-yilda “Startup” dramasi 17-oktabrda chiqdi, unda bosh rollarda Be Su Ji (Suzzi) va Nam Joo Hyuk oʻynagan. “Startap” shu kungacha eng yuqori tomoshabin reytingini oldi. Nielsen Korea maʼlumotlariga koʻra, drama milliy miqyosda oʻrtacha 4,3% va 5,0% reytingga ega boʻlib, shou uchun yangi eng yaxshi natijani oʻrnatdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyorning birinchi muhabbati oʻrta maktabda boʻlgan. Aktyor 3 yil davomida ismi matbuotda oshkor etilmagan qiz bilan uchrashdi. Nam Joo Hyuk ham ajralish sabablari haqida gapirmaslikni afzal koʻradi.

2017-yilning 24-aprelida Nam Joo Hyuk agentligi uning model va aktrisa Li Sung Kyung bilan munosabatda ekanligini tasdiqladi, u bilan “Tuzoqdagi pishloq” va “Ogʻir atletika perisi Kim Bok Ju” dramalarida ishlagan. Ammo 2017-yil 18-avgustda er-xotin ajrashgani maʼlum boʻldi. Sababi – munosabatlarga vaqt qolmayotgani va juda qattiq ish jadvallari edi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dorama[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Original nomi Rol
2014 s Suv parisi 잉여공주 Pak Te Bak (Big)
2015 s Sen kimsan: Maktab 2015 후아유: 2015 Han I Yan
2015 s Ajoyib jozibadorlik 화려한 유혹 Chin Hyon U yoshligi
2016 s Qopqondagi pishloq 치즈 인 더 트랩 Kvon In Thyok
2016 s Og'ir atletika parisi Kim Bok Ju Bogungyosa Aneunyoung. Chon Chjun Hyon
2016 s Qizil yurak: Goryeo 달의 연인 - 보보경심 려 Pek A
2017 s Daryo xudosining kelini 하백의 신부 Habek
2019 s Qahva doʻstlari 커피프렌즈
2019 s Koʻzlaringda nur The Light in Your Eyes Li Chjun Ha
2020 s Startap START-UP Nam Do San
2020 s Maktab hamshirasi Ahn Eun Young Bogungyosa Aneunyoung Xan In Pyo
Yil Nomi Original nomi Rol
2018 f Ansi qalʼasi Andoza:Lang-ko2 Samul
2020 f Joze Josée (조제) Yon Suk
Yil Qo'shiq Ijrochi Havola
2014 «200%» Akdong musiqachisi musiqa video
«Give Love» musiqa video
2015 «Chocolate» Kangnam (feat. San Yi) musiqa video

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Turkum Sovrin Nomzod qilingan ish Natija
2015 Eng yaxshi yangi aktyor (Byun Yo Xan bilan) APAN yulduz mukofotlari Sen kimsan: Maktab 2015 Gʻolib[9]
Mashhurlik mukofoti, aktyor
(Park Po Gum bilan)
KBS Drama mukofotlari Gʻolib[10]
Eng yaxshi yangi aktyor Nominatsiya
Eng yaxshi yangi aktyor Koreya drama mukofotlari Nominatsiya[11]
2016 Eng yaxshi yangi aktyor (Ryu Ju-Yol bilan) MBC Drama mukofotlari Ogʻir atletika parisi Kim Bok Ju Gʻolib[12]
Eng yaxshi juftlik mukofoti (Li Sung Kyun bilan) Nominatsiya
“A’lo darajadagi” mukofoti, mini-serialdagi aktyor Nominatsiya
2017 Eng yaxshi yangi aktyor Koreya drama mukofotlari Gʻolib[13]
Koʻtarilgan yulduz Drama Fever mukofotlari Tuzoqdagi pishloq Gʻolib[14]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Nam Joo Hyuk Confirmed as Male Lead of ʻSchool 2015′“. MWave (31-mart 2015-yil). 2017-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  2. „Nam Joo-hyuk to meet fans in China“. Korea Times (9-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  3. „남주혁, ʻ치즈인더트랩’ 은택역 확정“. Sports Donga (3-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  4. „남주혁 측 "'달의 연인' 출연, 긍정 검토 중"“. XSports News (23-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  5. „Newcomer actors mature through 'Kim Bok-joo'“. Korea Times (16-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  6. „ʻ하백의 신부’ 측 “남주혁·신세경·크리스탈·공명 출연확정”“. Naver (23-fevral 2017-yil). Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  7. „"퇴폐미 넘치는 남주혁 화보 공개"“. Elle. 2018-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  8. „남주혁 측 "조인성·설현과 '안시성' 출연 확정"“ (ko). Naver (2017-yil 4-iyul). Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  9. „Kim Soo-hyun wins grand prize at APAN Star Awards“. Kpop Herald (2015-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  10. „Check out the Winners from ʻ2015 KBS Drama Awards’“. bnt News (2015-yil 31-dekabr). 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  11. „Korea Drama Awards 2015 – Nominees List“. Beatus Corner (2015-yil 9-sentyabr). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  12. „MBC 연기대상 이종석, 대상 영예 안았다 (종합)“ (ko). Naver (2016-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  13. „한석규·김상중·차인표·김영철·최민수, ʻ2017 KDA’ 대상 후보 5人 확정“. 10 Asia (2017-yil 27-sentyabr). 2018-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  14. „Announcing the winners of the 5th Annual DramaFever Awards!“. DramaFever (2017-yil 27-aprel). 2017-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]