Najimatdin Ansatboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Najimatdin Ansatboyev (23-dekabr 1943 Kegayli) – qoraqalpoq aktyori va rejissyor O‘zbekiston xalq artisti (1974). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1966). Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida aktyor va rejissyor (1966–78, 1996 yildan navbatchi rejissyor), badiiy rahbari va direktori (1987–96). S. Xo‘janiyozov nomidagi respublika Yosh tomoshabinlar teatrida bosh rejissyor (1978–79, 1987–96). Asosiy rollari: Navoiy ("Navoiy Astrobodda"), Ayoz ("Kaynona"), Kassio ("Otello"), G‘arib ("G‘arib oshiq"), Sharif Rahimov ("O‘z arizasiga ko‘ra"), Berdaq ("Berdaq"), Yassaviy ("Sohibqiron") va boshqa rejissyor sifatida "G‘arib oshiq", "Oy tutilgan tunda", "Yaralangan yuraklar", "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "O‘n uchinchi rais", "Tobutdan tovush", "Ota taqdiri", "Sohibqiron" kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofoti laureati (1973).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil