Kontent qismiga oʻtish

Naimjon Yoqubzoda

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Naimjon Yoqubzoda
Tavalludi 1890-yil
Vafoti 1937-yil
Toshkent
Fuqaroligi Buxoro amirligiSSSR bayrogʻi SSSR
Otasi Mahmud Yoqub Muxlis
Qarindoshlari Akasi – Hoshim Shoyiq

Naimjon Yoqubzoda (1890-yil; Buxoro amirligi — 1937-yil; Toshkent) — davlat va siyosat arbobi. Jadidchilik harakatining faol aʼzosi. Qatagʻon qurbonlaridan biri.

Naimjon Yoqubzoda 1890-yil Buxoro amirligi poytaxti Buxoro shahrida Mahmud Yoqub Muxlis xonadonida tugʻilgan. Akasi — Hoshim Shoyiq. Eski maktabdan soʻng madrasada taʼlim olgan.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasida Buxoro Kompartiyasi Markaziy Komitetida kotib, Tashqi ishlar nozirining muovini boʻlib ishlagan. Maʼlum muddat siyosiy faoliyatini toʻxtatgach, 1937-yil boshidan Oʻzbekiston SSR Sovxozlar xalq komissarligida masʼul lavozimda ish yuritgan.

1937-yil oktyabrda Toshkent shahrida otib tashlangan[1][2].

  1. „NAIMJON YOQUBZODA“. jadid.uz. Qaraldi: 18-mart 2025-yil.
  2. „Naimjon Yoqubzoda“. jadidlar.uz. Qaraldi: 18-mart 2025-yil.