Nagasaki qo‘ng‘irog‘i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nagasaki qoʻngʻirogʻi — 2000-yil sentabr oyida Minsk (Belarus) Mustaqillik maydonida oʻrnatilgan yodgorlik. U bosh farishta Mikoil haykali va polyak katoliklarining Qizil cherkovidan uncha uzoq boʻlmagan joyda oʻrnatilgan yodgorlik. Yodgorlik yadroviy falokatlar qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻngʻiroq Yaponiya katolik cherkovi tashabbusi bilan qoʻngʻiroq quyuvchilar tomonidan quyib yasalgan. U 1945-yil 9-avgustda Nagasakiga tashkangan atom bombasidan omon qolgan „Farishta“ qoʻngʻirogʻining „nusxasi“dir. Yodgorlik asosiga Quddus, Yaponiyaning Xirosima, Nagasaki, Fukusima shaharlaridan hamda Chernobil fojiasidan jabr koʻrgan hududlardan keltirilgan tuproqlar solingan kapsulalar joylangan. Shuningdek, Semipalatinsk poligoni va Novaya Zemlya poligonidan olingan tuproq solingan kapsulalar ham bor.

Nagasaki shahridagi „Farishta“ qoʻngʻirogʻi portlashdan keyin Urakami katolik sobori vayronalari ostidan ziyoratchilar tomonidan topilib, qazib olingan. Keyinchalik u urushning dahshatli oqibatlarini eslatish uchun Nagasaki markaziga oʻrnatilgan.

2000-yil 24-sentabrda boʻlib oʻtgan yodgorlik ochilish marosimida Urakami sobori noziri Shiyoti Mimura shunday dedi: „Ushbu yodgorlik Belorus bilan birdamligimiz, xalqlarimizni nafaqat iqtisodiy va madaniy, balki maʼnaviy rishtalar bilan bogʻlab turganligining ramzi boʻlsin“.

Qoʻngʻiroqdan sim choʻzilgan boʻlib, istagan kishi uni tortib, qoʻngʻiroqni chalishi mumkin.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]