Naftali Bennett

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Naftali Bennett
Isroil Bosh vaziri
Mansab davri
13-iyun, 2021-yil(2021-06-13)
Prezident Reuven Rivlin
Isaac Herzog
Oʻtmishdoshi Benjamin Netanyahu
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-mart 1972-yil (1972-03-25) (52 yosh)
Hayfa

Naftali Bennett[1] (1972-yil 25-martda tugʻilgan) isroillik siyosatchi, 13-iyun 2021-yildan buyon Isroilning 13- hamda amaldagi bosh vaziridir.[2] U 2013-yildan 2019-yilgacha diasporalar ishlari vaziri, 2015-yildan 2019-yilgacha taʼlim vaziri va 2019-yildan 2020-yilgacha mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Yangi oʻnglar partiyasini 2018-yildan beri boshqarib kelmoqda, ilgari 2012-yildan 2018-yilgacha Yahudiylar uyi partiyasini boshqargan.[3]

Bennett Hayfada tugʻilib oʻsgan boʻlib, uning ota-onasi AQShdan koʻchib kelishgan. U Isroil mudofaa kuchlarining Sayeret Matkal va Maglan maxsus boʻlinmalarida xizmat qilib, koʻplab jangovar operatsiyalarga rahbarlik qilgan, keyinchalik esa dasturiy taʼminot sohasidagi tadbirkorga aylangan. U, shuningdek, 1999-yilda asos solingan firibgarlikka qarshi kurashuvchi AQShning Cyota shirkati hamasoschisi va hamegasi boʻlib, bu shirkat asosan onlayn bank va elektron tijorat firibgarligi va fishingga qarshi kurashish bilan shugʻullanadi.[4] Bu shirkat 2005-yilda $145 millionga sotilgan. Shuningdek, u 2013-yilda $100-130 millionga sotilgan Isroilning bulutli hisoblash xizmati sanalmish Soluto shirkatining bosh ijrochi direktori (BII) sifatida ham faoliyat yuritgan.[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ivritcha: נַפְתָּלִי בֶּנֶט
  2. Michael, Bachner „Swearing-in of Bennett-Lapid gov't that would replace Netanyahu set for Sunday“. The Times of Israel (8-iyun 2021). Qaraldi: 11-iyun 2021.
  3. Wootliff, Raoul „Yamina party officially splits into New Right, Jewish Home-National Union“. The Times of Israel (10-oktabr 2019). Qaraldi: 21-oktabr 2019.
  4. „Cyota“. crunchbase.com. 2014-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart.
  5. David Shamah.. „Bennett repeats success with new $100 million exit“ (30-oktabr 2013). Qaraldi: 1-noyabr 2013.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]